“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida tumandagi ijodkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Joriy yilning 5-noyabr sanasida Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida tumandagi ijodkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
📖Uchrashuv davomida ijodkorlarning adabiyot, ijod va kitobxonlik borasidagi fikr-mulohazalari, hayotiy tajribalari hamda ijodiy izlanishlari ishtirokchilar bilan o‘rtoqlashildi. Samimiy muloqot, qiziqarli suhbatlar va adabiyotga oid fikrlar almashinuvi tadbirga o‘zgacha mazmun bag‘ishladi.
📗Tadbirning asosiy maqsadi — aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ijodga bo‘lgan qiziqishni oshirish, mahalliy ijodkorlar faoliyatini keng targ‘ib etish hamda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada rivojlantirishdan iborat.
📖 Ma’rifat ulashilgan joyda tafakkur yuksaladi, tafakkur yuksalgan joyda kelajak bunyod bo‘ladi!



