“Ma’rifat sari sayohat” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Joriy yilning 23-aprel sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Nuroniylar jamg‘armasi bilan hamkorlikda “Ma’rifat sari sayohat” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
💎Mazkur sayohat davomida ishtirokchilar kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishib, markaz fondiga yangi kelib tushgan adabiyotlar ko‘rgazmasi bilan tanishtirildi. Shuningdek, ularga zamonaviy elektron o‘quv zali imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berilib, xalqaro elektron ma’lumotlar bazalaridan foydalanish tartibi tushuntirildi.
🔖Ushbu sayohat ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda yosh avlodga ibrat bo‘ladigan hayotiy tajribalarini ulashish uchun muhim ahamiyat kasb etdi.



