“Ma’rifat maskaniga sayohat”deb nomlangan qiziqarli va mazmunli sayohat tashkil etildi.
Joriy yilning 13-mart sanasida Do‘stlik tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Ma’rifat maskaniga sayohat”deb nomlangan qiziqarli va mazmunli sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida o‘quvchilar kutubxonaning turli bo‘limlari bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, ularga “Faol kitobxonlar burchagi” tanishtirilib, unda eng faol kitobxonlarning yutuqlari va tavsiya etilgan kitoblar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, o‘quvchilar elektron o‘quv zali faoliyati bilan ham tanishib, zamonaviy texnologiyalar yordamida bilim olish imkoniyatlari haqida tushunchaga ega bo‘ldilar.
Bundan tashqari, kutubxonada mavjud gazeta va jurnallar ko‘rgazmasi ham o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ularga turli sohalarga oid yangi nashrlar haqida ma’lumotlar berildi.
Mazkur sayohat o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni mutolaa madaniyatiga jalb etish hamda kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qildi.



