"Maʼnaviyatni anglash oʻzlikni anglash" shiori ostida kitob taqdimoti tashkil qilindi.
Doʻstlik tuman axborot -kutubxona markazida Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi bilan hamkorlikda "Maʼnaviyatni anglash oʻzlikni anglash" shiori ostida kitob taqdimoti tashkil qilindi.Taqdimotda tibbiyot texnikumining talabalari ishtirok etishdi. Taqdimotda Chingiz Aytmatovning "Asrga tatigulik kun" romani mazmun mohiyati, asar qahramonlari, nima uchun bu asarni o'qib chiqishimiz kerakligi haqida malumotlar aytib o'tildi. Shu bilan birga Chingiz Aytmatovning bir qancha asarlari o'qib chiqish uchun tavsiya qilindi.Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.Taqdimot barchaga birdek manzur boʻldi.