Ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 6-noyabr kuni Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida Do‘stlik tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi (FVV) xodimlari ishtirokida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish hamda kitobxonlikning inson hayotidagi beqiyos o‘rnini anglatishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.
📗Tadbir davomida ishtirokchilar e’tiboriga ijtimoiy-siyosiy va huquqiy adabiyotlardan iborat kitob ko‘rgazmasi taqdim etildi. Ko‘rgazmadan o‘rin olgan adabiyotlar orqali mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, jamiyat hayotidagi siyosiy va ijtimoiy jarayonlar, qonunchilikdagi yangilanishlar hamda fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qiluvchi asarlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.




