"Lokal tarmoq orqali hujjatlar almashinuvi" mavzusida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.
Joriy yilning 3-iyul kuni Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazida xodimlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish boʻyicha amaliy koʻnikmalarini yanada rivojlantirish, ish jarayonlarini raqamlashtirish hamda kutubxonada axborot xavfsizligini taʼminlash maqsadida "Lokal tarmoq orqali hujjatlar almashinuvi" mavzusida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.
Mashgʻulot davomida xodimlarga lokal tarmoq imkoniyatlaridan unumli foydalanish, hujjatlarni tezkor va xavfsiz almashish, umumiy papkalardan foydalanish tartibi, maʼlumotlarni saqlash va ulardan foydalanishda axborot xavfsizligi talablariga rioya etish yuzasidan amaliy tushunchalar berildi. Shuningdek, ish faoliyatida uchrashi mumkin boʻlgan texnik muammolarni bartaraf etish hamda lokal tarmoq orqali samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etildi.
Mazkur mahorat darsi kutubxona xodimlarining zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish kompetensiyalarini mustahkamlash, elektron hujjatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda axborot resurslarining xavfsizligini taʼminlashga xizmat qiladi.



