"Kvest" jamoaviy o‘yini tashkil qilindi.
“Kitob — insoniyat tafakkurining durdonasidir. U bizni o‘tmish bilan tanishtiradi, bugunni tushuntiradi va kelajakka yo‘l ko‘rsatadi. “Har bir o‘qilgan kitob insonni o‘zini anglash sari yetaklaydi. Chunki kitob — qalbni yorituvchi, tafakkurni uyg‘otuvchi bebaho manba.” Shu maqsadda Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1-umumiy o‘rta ta‘lim maktabining faol kitobxonlari va kitobxonlar klubi a'zolari ishtirokida "Kvest" jamoaviy o‘yini tashkil qilindi.Tadbir davomida 3 shart bo‘yicha o‘quvchilar oʻzaro bellashishdi.Tadbir yakunida g‘olib jamoaga esdalik sovg‘alari topshirildi.Tadbir bahs munozaraga boy bo‘lib 20 nafar kitobxon oʻquvchilar faol qatnashdi.



