"Kvest jamoaviy o'yini" nomli tadbir tashkil qilindi.
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 18-umumiy o'rta ta'lim maktabning kitobxonlar klubi a'zolari ishtirokida "Kvest jamoaviy o'yini" nomli tadbir tashkil qilindi.O'yin davomida klub a'zolari 2 guruhga "Zukkolar" va "Bilag'onlar " jamoalariga boʻlinib, o'zaro bahslashishdi. Qiziqarli intellektual shartlarga boy boʻlgan bahsda "Zukkolar" jamoasi yakunda g'olib bo'ldi. Bellashuv bahs munozaraga boy bo'lib 25 nafar ishtirokchi faol qatnashdi.