Kutubxonamizning elektron o‘quv zali orqali foydalanuvchilar dunyodagi eng yirik elektron ma’lumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi zamonaviy imkoniyatlari bilan kitobxonlar uchun tobora qulay maskanga aylanib bormoqda. Kutubxonamizning elektron o‘quv zali orqali foydalanuvchilar dunyodagi eng yirik elektron ma’lumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.
AKT mutaxassislari tomonidan tashrif buyuruvchilarga 💻ProQuest, EbscoHost hamda Znanium kabi nufuzli xorijiy ma’lumotlar bazalaridan foydalanish bo‘yicha targ‘ibot va tushuntirish ishlari muntazam olib borilmoqda. Natijada, foydalanuvchilar ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanib kelmoqdalar.


