“Kutubxonamizga xush kelibsiz!” nomli maʼrifiy sayohat tashkil etildi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 28-yanvar sanasida 2-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 4-sinf oʻquvchilari uchun “Kutubxonamizga xush kelibsiz!” nomli maʼrifiy sayohat tashkil etildi.
Mazkur sayohatning asosiy maqsadi oʻquvchilarni kutubxona faoliyati, undagi boy adabiyotlar fondi bilan yaqindan tanishtirish, yosh avlodda kitob mutolaasiga boʻlgan qiziqishni oshirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida oʻquvchilar kutubxonadagi turli yo‘nalish va janrlardagi kitoblar bilan tanishib, ularni katta qiziqish va zavq bilan tomosha qildilar.



