Kutubxonaga tashrif buyurgan yosh kitobxonlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 10-dekabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kutubxonaga tashrif buyurgan yosh kitobxonlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Unda jahon xalqlari ertaklari kitobidan "Anbe va Ranbe"ertagiga sharh berildi.Sharh davomida yosh kitobxonlarga ertakning mazmun mohiyati, unda kechgan qizqarli voqealar, sarguzashtlar va do'stlik qayerda bo'lmasin g'olib bo'lishligi tushuntirilib o'tildi. Ertak bolalarga juda manzur bo'ldi.



