Kutubxonaga kitobxonlar tashrifi kun sayin ortib bormoqda
Joriy yil davomida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markaziga yangi kitobxonlar soni tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, yoshlar va o‘quvchilar tomonidan kutubxonaga bo‘lgan qiziqishning kuchaygani quvonarli holatdir.
📚Yangi tashrif buyurgan kitobxonlarga kutubxona faoliyati, mavjud adabiyotlar, elektron resurslar hamda xizmat turlari haqida batafsil ma’lumotlar berilmoqda. Shuningdek, ularning qiziqishlari o‘rganilib, mos badiiy, ilmiy-ommabop va sohaviy adabiyotlar tavsiya etilmoqda.
🔖Kutubxonaga ilk bor qadam qo‘ygan kitobxonlar uchun maxsus tanishtiruv ekskursiyalari tashkil etilib, kitobdan foydalanish qoidalari tushuntirilmoqda. Bu esa ularning kitobga bo‘lgan mehrini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.


