“Kutubxonaga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasi doirasida yana bir ezgu tashabbus amalga oshirildi.
Joriy yilning 2-fevral kuni Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida “Kutubxonaga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasi doirasida yana bir ezgu tashabbus amalga oshirildi. 14-maktab o‘quvchisi Bekmurotova Gulnoza kutubxonaga Kids English, Vatan tuyg‘usi va Odam salomatligi kitoblarini sovg‘a qildi.
Darhaqiqat, kitob — eng yaxshi sovg‘a hisoblanadi. Chunki kitob insonni fikrlashga undaydi, bilimini boyitadi, dunyoqarashini kengaytiradi va hech qachon o‘z qadrini yo‘qotmaydi. Bunday xayrli tashabbuslar kutubxona fondini yanada boyitish bilan birga, yoshlar orasida kitobxonlikni targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
