“Kutubxonada xazina bor” nomli kvest jamoaviy o‘yini tashkil etildi.
Joriy yilning 13-mart sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan faol kitobxonlar hamda Kitobxonlar klubi a’zolari ishtirokida “Kutubxonada xazina bor” nomli kvest jamoaviy o‘yini tashkil etildi.
Kutubxona – bu oddiygina kitoblar saqlanadigan joy emas. Bu yerda bilim, donolik va hikmat yashiringan ulkan xazina mavjud. Tadbir davomida ishtirokchilar jamoa bo‘lib turli topshiriqlarni bajarib, savollarga javob topish hamda izlanishlar orqali xazinani topishga harakat qildilar.
Har bir bekatda yangi topshiriqlar berildi. Topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajargan jamoalar keyingi bekatga yo‘l oldilar. Qiziqarli va murosasiz o‘tgan ushbu kvest jamoaviy o‘yinida yigitlar jamoasi g‘olib bo‘ldi.
Mazkur kvest o‘yini barcha ishtirokchilarga manzur bo‘ldi. Tadbirda jami 18 nafar faol kitobxon qatnashdi.



