"Kutubxonada maroqli ta'til" deb nomlangan sayohat tashkil qilindi.
Joriy yilning 8-yanvar sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kutubxonaga tashrif buyurgan yosh kitobxonlar bilan "Kutubxonada maroqli ta'til" deb nomlangan sayohat tashkil qilindi. Sayohat davomida oʻquvchilarga zamonaviy har tomonlama qulay bo'lgan axborot-kutubxona markazi faoliyati, elektron hamda oʻquv zalida foydalanish qoidalari, bolajonlar uchun yangi bolalar adabiyoti yaqindan tanishtirildi.



