Kutubxonachiga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatildi.
Joriy yilning 21-sentabr kuni Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Do'stlik tumani Bog'zor M.F.Y dagi 8- maktab kutubxonasining faoliyati o‘rganilib, kutubxonachiga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatildi.
💬O‘rganish jarayonida Kutubxonaning kitob fondi, jumladan, darsliklar va badiiy adabiyotlarning nomi hamda nusxadagi miqdori tahlil qilindi. Kutubxonaning kompyuter, stol-stul va boshqa zarur jihozlar bilan ta’minlanganligi ko‘zdan kechirildi. Jami kitobxonlar soni, kitobxonlarning qatnovi va kitob berilishi bo‘yicha yuritilayotgan hisob-kitob hujjatlari o‘rganildi.



