"Kutubxona ziyo maskani" nomli sayohat tashkil qildi.
Joriy yilning 11-dekabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markaziga Do'stlik TTB xodimlari tomonidan "Kutubxona ziyo maskani" nomli sayohat tashkil qildi. Sayohat davomida TTB xodimlariga kutubxona faoliyati, kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar, kitob fondi, yangi adabiyotlar hamda elektron resuslardan foydalanish tartibi haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Sayohat ishtirokchilarga kitobga qiziqish uyg'otish, ma'naviy dunyoqarashini kengaytirishga hamda kutubxonadan va kitobdan foydalanish ma'daniyatini oshirishga xizmat qildi. Sayohatda 12 nafar xodim ishtirok etdi.



