Kutubxona Ziyo maskani
Do'stlik tuman Axborot-kutubxona markaziga Sanoatchilar MFY uyushmagan yoshlarining 15 nafari ishtirokida "Kutubxona Ziyo maskani" deb nomlangan sayohati tashkil qilindi. Sayohatni Sanoatchilar MFY Yoshlar yetakchisi Sherzod Niyozov tashkil qildi.Uyushmagan Yoshlar bilan ishlashda kutubxona bilan hamkorlik yo`lga qo'yilsa kitobxonlikka jalb qilish kitob o'qishga qiziqish uyg`otish kelajakda bilimdon,fikrlash doirasi keng shaxslarni yetishib chiqishiga zamin yaratadi.Sayohat davomida yoshlarga kutubxona xizmatlari va undan foydalanish qoidalari,yangi kelgan adabiyotlar tanishtirildi,kutubxona ijtimoiy tarmoqlaridagi faoliyat hamda ular o'qimoqchi bo'lgan kitoblar haqida suhbatlar tashkil qilindi.