"Kutubxona va kitoblar bilan bir kun" nomli ekskursiya tashkil etildi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazining yangi binosiga faol kitobxon oʻquvchilar ishtirokida "Kutubxona va kitoblar bilan bir kun" nomli ekskursiya tashkil etildi. Unda Kutubxona mutaxassislari tomonidan o’quvchilarga TAKMdagi xizmatlar faoliyati, axborot-kutubxona fondi, kutubxonadan foydalanish qoidalari haqida ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari oʻquvchilar kutubxonaning abonomentlar bo‘limi, kitob ko‘rgazmalari, erkin va elektron zona, kutubxona yangiliklari bilan yaqindan tanishdilar.



