"Kutubxona nurxona" nomli sayohat tashkil qilindi
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markaziga Mevazor mahallasida istiqomat qiluvchi ta'tildagi yoshlar tashrif buyurdi. Tashrif chogʻida kutubxona xodimlari tomonidan "Kutubxona nurxona" nomli sayohat tashkil qilindi va ularni kutubxona bilan yaqindan tanishtirdi. Sayohat davomida ularga kutubxonada qaysi turdagi kitoblar mavjudligi, ularni qanday tanlab o'qish kerakligi, kitoblarni asrab, avaylab doimo kitob mutolaasi uchun vaqt ajratish kerakligi haqida tavsiya berildi.