"Kutubxona mo'jizalar maskani " nomli sayohat tashkil qilindi.
Joriy yilning 23-dekabr sanasida do'stlik tuman Bolalar harakati sayloviga nomzod o'quvchilar tomonidan "Kutubxona mo'jizalar maskani " nomli sayohat tashkil qilindi.Sayohat davomida o'quvchilarga kutubxona faoliyati, kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar, kitob fondi, yangi adabiyotlar hamda elektron resuslardan foydalanish tartibi haqida batafsil ma'lumot berildi. Sayohat ishtirokchilarga kitobga qiziqish uyg'otish, ma'naviy dunyoqarashini kengaytirishga hamda kutubxonadan va kitobdan foydalanish ma'daniyatini oshirishga xizmat qildi. Sayohatda 112 nafar o'quvchi ishtirok etdi.


