"Kutubxona men sevgan maskan" deb nomlangan sayohat tashkil qilindi.
Joriy yilning 31-oktyabr sanasida Do'stlik tumani axborot-kutubxona markaziga 20-umumiy ta'lim maktabining 8-sinf o'quvchilari ishtirokida "Kutubxona men sevgan maskan" deb nomlangan sayohat tashkil qilindi.Sayohat davomida o'quvchilarga zamonaviy axborot-kutubxona markazidan foydalanish qoidalari, yaratilgan shart-sharoitlar, komyuter oʻquv zallari bilan yaqindan tanishtirilib o'tildi va o'qish uchun kitoblar tavsiya qilindi. Sayohat davomida o'quvchilar kutubxonaga a'zo bo'lib, o'qish uchun kitoblar oldilar.



