"Kutubxona - ma'rifat maskani" nomli sayohatda ishtirok etishdi.
Joriy yilning 29-dekabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o'quvchilaridan 12 nafari kutubxona tomonidan tashkil etilgan "Kutubxona - ma'rifat maskani" nomli sayohatda ishtirok etishdi. Sayohat davomida o'quvchilarga zamonaviy kutubxonaning bo'limlari, mavjud kitob fondi , ayniqsa yoshlar uchun mo'ljallangan ilmiy, badiiy- ommabop kitoblar bilan tanishtirildi.Sayohat jarayonida o'quvchilarga mutolaa madaniyatining ahamiyati haqida tushunchalar berildi. O'quvchilar faol ishtirok etib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. Sayohat yoshlarning kitobga, bilimga bo'lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi.


