"Kutubxona, kitob va men" nomli sayohat tashkil qilindi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markaziga Ultimatium o'quv markazining talabalari tomonidan "Kutubxona, kitob va men" nomli sayohat tashkil qilindi. Sayohat davomida talabalar boshqa binoga koʻchgan kutubxona markazi va yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqin tanishdilar. Tashrif chogʻida AKM xodimlari tomonidan talabalar uchun adabiyotlar tavsiya qilib oʻtildi va mutolaa uchun kitoblar tanlab olindi.