“Kutubxona – kelajak sari yo‘l” nomli sayohat tashkil etildi.
Joriy yilning 17-iyun sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Navro‘z mahalla fuqarolar yig‘inidan tashrif buyurgan kitobxonlarning talab va istaklarini inobatga olgan holda “Kutubxona – kelajak sari yo‘l” nomli sayohat tashkil etildi.
📌Sayohat davomida kitobxonlar kutubxona faoliyati, kitob fondi, elektron o‘quv zali hamda kitobxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, ularga yangi adabiyotlar va kutubxonada amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
📚Mazkur sayohat kitobxonlarda mutolaa madaniyatini yanada rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qildi.

