"Kutubxona gurungi" loyihasining navbatdagi soni kutubxona xodimlari va kitobxonlar ishtirokida oʻtkazildi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tashkil qilingan "Kutubxona gurungi" loyihasining navbatdagi soni kutubxona xodimlari va kitobxonlar ishtirokida oʻtkazildi. Bugungi gurungda AKM mutaxassisi S.Mamarajabova Nabijon Hoshimov qalamiga mansub "Yovvoyi kelin" asari haqida oʻz tushuncha va taassurotlarini boʻlishdi. Asarni oʻqir ekansiz asar qahramoni Sabohat ismli qizning ayanchli va ajabtovur qismati, olis bir kimsasiz gʻorda uzoq yillar davomida zanjirband holda hayotning achchiq qismatiga duchor boʻlganiga, shuningdek turli sinovli davrlarni boshdan kechirganiga guvoh boʻlasiz va kitob soʻnggida uning qismati yaxshilik bilan tugagani, hayoti goʻzal tarzda davom etganini koʻrib, taskin topasiz. Agar Sabohatning qismati hayoti davomida boshidan kechirganlari sizni qiziqtirayotgan boʻlsa, unda ushbu kitobni oʻqing, batafsil bilib olasiz.