"Kutubxona gurungi" loyihasining navbatdagi soni kutubxona xodimlari ishtirokida oʻtkazildi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tashkil qilingan "Kutubxona gurungi" loyihasining navbatdagi soni kutubxona xodimlari ishtirokida oʻtkazildi.Bugungi gurungda Abonamentlar va foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish xizmati rahbari Z.Qambarova Nabijon Hoshimov qalamiga mansub "Yovvoyi kuyov" asari haqida oʻz tushuncha va taassurotlarini boʻlishdi. Asarni oʻqir ekansiz undagi voqealar, hayotiy kechinmalar, asar qahramoning sarguzashtlarga boy turmush tarzi, umuman olganda kitobning har bir safihasi sizni yana davom etib oʻqishga chorlashi bu oʻz oʻrnida yozuvchining mahorat bilan qalam tebratganiga guvoh boʻlasiz va oʻsha kitobning ichida oʻzingizni tasavvur etasiz. Agar sarguzasht, ishqiy, tarixiy va syujetlarga boy asarlarga qiziquvchi kitobxonlar boʻlsa ushbu asarni oʻqishni tavsiya etamiz.