"Kutubxona gurungi" loyihasi doirasida AKM xodimlari ishtirokida navbatdagi gurung tashkil qilindi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazida "Kutubxona gurungi" loyihasi doirasida AKM xodimlari ishtirokida navbatdagi gurung tashkil qilindi. Bugungi gurungda AKT xodimi Azim Egamov Jorj Oruelning "Molxona" kitobini sharhlab, asar mazmun mohiyati haqida oʻzining taassurotlarini boʻlishdi. Gurung soʻngida bu kitob haqida barcha xodimlar oʻz fikr mulohazalari bildirib oʻtishdi. Kitob keng kitobxon ommasi mo'ljallanganligi, shuningdek hayotiy haqiqatlariga asoslanganligi tushuntirib berildi.



