Kutubxona faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan amaliy-uslubiy yordam oldi.
Joriy yilning 12-noyabr sanasida 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonachisi Do‘stlik tumani Axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurib, kutubxona faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan amaliy-uslubiy yordam oldi.
✨Tashrif davomida kutubxona hujjatlarini to‘g‘ri yuritish, kitob fondini shakllantirish va tartibga solish, adabiyotlarni hisobga olish, kataloglashtirish hamda kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.
🟢Shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaa targ‘ibotini kuchaytirish va kutubxona faoliyatida zamonaviy usullardan foydalanish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
