"Kutubxona - bilimlar maskani" nomli sayohat tashkil qilindi
Axborot-kutubxona markaziga joriy yilning 12-fevral sanasida 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 6-sinflari ishtirokida "Kutubxona - bilimlar maskani" nomli sayohat tashkil qilindi.Sayohatda oʻquvchilarga kutubxonamizdagi eng qiziqarli adabiyotlar haqida maʼlumot berib,kutubxonaning tartib -qoidalari bilan tanishtirib oʻtildi.O'quvchilarga kitob oʻqishni odatga aylantirishlari va dunyoqarashi,fikrlash doirasini kengaytirib borishlari aytib oʻtildi.Sayohatda 26 nafar oʻquvchilar ishtirok etishdi.
