“Kutubxona – bilimlar maskani” nomli ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Joriy yilning 11-iyun sanasida Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markaziga 2-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining bilimdon o‘quvchilari tashrif buyurib, ular uchun “Kutubxona – bilimlar maskani” nomli ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
🗞Mazkur sayohatdan ko‘zlangan asosiy maqsad – o‘sib kelayotgan yosh avlodda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ularni kitobga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash, kitobsevarlikka chorlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishda kitob mutolaasining ahamiyatini keng targ‘ib etishdan iboratdir.



