"Kutubxona - bilim va ma'rifat maskani" nomli sayohatda ishtirok etishdi.
Joriy yilning 28-dekabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazida Qahramon MFY da joylashgan 4- umumiy o'rta ta'lim maktabining 7-sinf o'quvchilaridan 18 nafari kutubxona tomonidan tashkil etilgan "Kutubxona - bilim va ma'rifat maskani" nomli sayohatda ishtirok etishdi. Sayohat davomida o'quvchilar kutubxonaning bo'limlari, mavjud kitob fondi , ayniqsa yoshlar uchun mo'ljallangan ilmiy, badiiy- ommabop kitoblar bilan tanishtirildi.Sayohat jarayonida o'quvchilarga mutolaa madaniyatining ahamiyati haqida tushunchalar berildi . O'quvchilar faol ishtirok etib o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. Sayohat yoshlarning kitobga , bilimga bo'lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi.



