"Konstitutsiya baxtimiz qomusi" deb nomlangan tadbir tashkil qilindi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi tuman hokimligi bilan hamkorlikda tuman madaniyat markazida O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya baxtimiz qomusi" deb nomlangan tadbir tashkil qilindi. Dastlab so`zga chiqqanlar yangi konstitutsiyamiz unga kiritilgan yangiliklar haqida o`quvchilarga ma'lumotlar berib o`tdilar. So`ng Madaniyat markazi hodimlari tomonidan bir-biridan qiziqarli chiqishlar namoyish qilindi.Shu bilan birga Inson huquqlari oliy qadriyat deb nomlangan adabiyotlar ko'rgazmasi ham tashkil qilindi. Ko'rgazma davomida Jizzax viloyati 524 -sonli safarbarlik chaqiruvi rezrefi batalyon kamandiri o'rinbosari kapitan Madaminov Azizbek Muhammadaliyevich O'zbekiston Respublikasi kanstitutsiyasining yangi nashri bilan ko'rgazma ishtirokchilariga ma'lumot berib o'tdi. Tadbir juda qiziqarli va mazmunli tashkil qilinib ,barchaga birdek manzur bo'ldi.