“Kompyuterda tez va samarali ishlash: klaviatura buyruqlari va ularning amaliy ahamiyati” mavzusida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.
Joriy yilning 24-iyun sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida xodimlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish maqsadida “Kompyuterda tez va samarali ishlash: klaviatura buyruqlari va ularning amaliy ahamiyati” mavzusida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida ishtirokchilarga kompyuterda ishlash jarayonini tezlashtiruvchi va yengillashtiruvchi asosiy klaviatura buyruqlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Jumladan, fayllarni nusxalash, ko‘chirish, saqlash, o‘chirish, hujjatlar bilan ishlash, internet brauzerlarida samarali foydalanish hamda Windows operatsion tizimining muhim boshqaruv buyruqlari amaliy tarzda tushuntirildi.
Shuningdek, ekran tasvirini olish (screenshot), ochiq oynalar o‘rtasida tezkor almashish, fayl menejeridan foydalanish va boshqa ko‘plab foydali buyruqlar bo‘yicha amaliy mashqlar bajarildi. Xodimlar kompyuterda ishlash unumdorligini oshirishga xizmat qiluvchi eng muhim klaviatura kombinatsiyalarini o‘zlashtirdilar.
Mahorat darsi davomida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda kundalik faoliyatlarida qo‘llashlari mumkin bo‘lgan zamonaviy AKT ko‘nikmalarini mustahkamladilar.



