“Koʻngil navolari” mavzusida sheʼriyat kechasi oʻtkazildi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 23-mart sanasida “Bunyodkor” MFY hududida Navroʻz bayrami munosabati bilan tashkil etilgan xalq sayli doirasida iqtidorli yoshlar oʻrtasida “Koʻngil navolari” mavzusida sheʼriyat kechasi oʻtkazildi.
Tadbirda saylga tashrif buyurgan 5–9-sinf oʻquvchilari, sheʼriyatga qiziqadigan faol yoshlar ishtirok etishdi. Kecha davomida bahrubayt bahsi tashkil etilib, oʻquvchilar oʻzlarining ijodiy salohiyatlarini namoyon etdilar.
Mazmunli va chiroyli sheʼrlar ijro etgan ishtirokchilar orasidan eng iqtidorlilari saralanib, 1-, 2- va 3-oʻrin sohiblari axborot-kutubxona markazining faxriy diplomlari bilan taqdirlandilar.



