Koʻchma kutubxona loyihasi doirasidagi maktabgacha taʼlim muassasasi xodimlari ishtirokida ,,Kitobxon tarbiyachi ʼʼtanlovi boʻlib oʻtdi.
Doʻstlik tuman axborot -kutubxona markazi tomonidan Koʻchma kutubxona loyihasi doirasidagi maktabgacha taʼlim muassasasi xodimlari ishtirokida ,,Kitobxon tarbiyachi ʼʼtanlovi boʻlib oʻtdi. Tanlovda 1-3-5-7-12-sonli DMTT xodimlari ishtirok etdilar.Tanlovda ishtirokchilar 4 ta shart boʻyicha bellashdilar. Ishtirokchilar har bir shartlarda oʻz bilim va tajribalariga tayangan holda munosib qatnashdilar. oʻyin yakunida 1-oʻrinni 7-sonli DMTT xodimi Mohichehra Axmedova egalladi. Tanlovda gʻolib ishtirokchiga hamda faol qatnashganlarga diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.