Koʻchma kutubxona loyihasi doirasida 7-sonli DMTT da xodimlar ishtirokida ham kitob oʻqish soati oʻtkazildi.
Doʻstlik tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan Koʻchma kutubxona loyihasi doirasida 7-sonli DMTT da xodimlar ishtirokida ham kitob oʻqish soati oʻtkazildi. Xodimlar uchun Shukur Xolmirzayevning ,,Oʻn sakkizga kirmagan kim bor ʼʼ kitobi taqdimot qilinib, asar mazmun mohiyati, undagi qahramonlar, voqealar rivoji haqida toʻlaqonli yoritib berildi. Ushbu asar koʻpchilik kitobxonlarni qiziqishini uygʻata oldi va navbatdagi oʻqimoqchi boʻlgan asarlari roʻyxatidan ushbu asar oʻrin oldi desak adashmagan boʻlamiz.