Ko‘chma kutubxona fondidagi mavjud adabiyotlar yangilandi.
Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Milliy gvardiya bo‘linmasida xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda ularning ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini boyitish maqsadida ko‘chma kutubxona fondidagi mavjud adabiyotlar yangilandi.
💬Ko‘chma kutubxona fondi badiiy, tarixiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan boyitilib, xodimlarga turli mavzulardagi kitoblarni mutolaa qilish va ulardan samarali foydalanish uchun zarur sharoit yaratildi.
🗣Mazkur tashabbus xodimlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, dunyoqarashini kengaytirish, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda ma’naviy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

