Ko‘chma kutubxona doirasida kitoblr almashtirildi
Joriy yilning 23-noyabr kuni Do‘stlik tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan ixtisoslashtirilgan maktabda ko‘chma kutubxona xizmati tashkil etildi.
Tashrif davomida maktab kutubxonasidagi kitob fondi yangilanib, mavjud kitoblar o‘rniga yangi badiiy adabiyotlar va turli mazmundagi kitoblar almashtirildi.
✨Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirishdan iborat.


