Ko`chma kutubxona doirasida 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasi yangilandi.
Do‘stlik tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasi belgilangan tartibda qayta ko‘rib chiqilib, yangilandi.
Shuningdek, markaz mutaxassislari tomonidan muassasa fondida mavjud bo‘lgan adabiyotlar to‘liq ko‘zdan kechirildi. Jarayon davomida kitoblarning saqlanish holati, ularning mavzuga mosligi hamda foydalanish darajasi tahlil qilindi.
Mazkur hamkorlik ishlari axborot-kutubxona xizmatlari sifatini oshirish, yosh avlodni kitobxonlikka keng jalb etish hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.


