Koʻchma kutubxona doirasida 3-sonli DMTT dagi xodimlari ishtirokida navbatdagi kitob oʻqish soati tashkil qilindi
Doʻstlik tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan koʻchma kutubxona doirasida 3-sonli DMTT dagi xodimlari ishtirokida navbatdagi kitob oʻqish soati tashkil qilindi. Unda Rahima Shomansurovaning ,,Qizlar" kitobi haqida soʻz bordi. Asar mazmun mohiyati, undagi personajlar, qahramonlarning boy kechinmalari haqida toʻlaqonli tushunchalar berib oʻtildi. Ushbu asar kitobxonlar uchun juda manzur boʻldi va asar borasida oʻzlarining qiziqtirgan savollariga ham javob oldilar.