“Kitobxonlik oiladan boshlanadi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
2026-yil 14-oktyabr kuni Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi hamda tuman Hokimligi hamkorligida aholi va yosh kitobxonlar ishtirokida “Kitobxonlik oiladan boshlanadi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
📝Tadbir davomida kitobning inson hayotidagi oʻrni, oilada mutolaa madaniyatini shakllantirish hamda farzandlarni bolalikdan kitob oʻqishga qiziqtirishning ahamiyati haqida soʻz yuritildi. Shuningdek, kutubxona hodimlari tomonidan Nabijon Hoshimovning "Oriyat isyoni" va Ahmad Lutfi Qozonchining "Bir vijdon uygʻonar" asarlari keng yoritilib oʻtildi.
Tadbir ishtirokchilari bilan oʻzaro fikr almashilib, oilaviy mutolaaning afzalliklari, kitob oʻqish orqali bolalarning dunyoqarashini kengaytirish, nutq boyligini oshirish va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.


