«Kitobxonlik — ma’naviyat va bilim sari yo‘l» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 23-sentabr kuni Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Qahramon MFY hududidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabida «Kitobxonlik — ma’naviyat va bilim sari yo‘l» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
💬Davra suhbati davomida kitobxonlikning inson hayotidagi o‘rni, mutolaaning foydalari hamda yoshlar orasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🗣Tadbir davomida Rustam Jabborovning «Qasos alangasi» nomli kitobi o‘quvchilarga taqdim etilib, uning mazmuni va tarbiyaviy ahamiyati haqida ma’lumot berildi.
Kitob — insonning eng yaqin do‘sti, bilim va tafakkur manbaidir. Muntazam kitob o‘qish insonning dunyoqarashini kengaytirib, fikrlash qobiliyati va nutqini rivojlantiradi.


