"Kitobxonlik-inson ma'naviyatining ko'zgusi " shiori ostida davra suhbati tashkil qilindi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan madaniyat markazi xodimlari ishtirokida aholini kitobxonlikka jalb qilish hamda kitobga mehr uyg'otish maqsadida "Kitobxonlik-inson ma'naviyatining ko'zgusi " shiori ostida davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbati davomida AKM mutaxassisi tomonidan tadbir ishtirokchilariga kitobning inson hayotidagi tutgan o`rni, ayniqsa yosh avlod uchun kitobning nechog`lik ahamiyatli ekanligi turli misollar bilan tushuntirib o`tildi. Shuningdek Ahmad Lutfi Qozonchining "O'gay ona" asari haqida sharx berib o'tilgani ham ko`pchilikning asarga bo`lgan qiziqishini uyg`ota oldi.