Kitobxonlik Haftaligining ochilishi Maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi bilan hamkorlikda tashkil qilindi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazida IV Respublika kitobxonlik haftaligining ochilishi marosimi bo'lib o'tdi.Haftalikning ochilishi Maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi bilan hamkorlikda tashkil qilindi.Dastur avvalida rejalashtirilgan o'zbek xalqining ardoqli yozuvchisi O'.Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asaridan sahna ko'rinishi akm mutaxassislari tomonidan namoyish etildi.Shundan so'ng 22-26-aprelga qadar bo'lib o'tadigan tadbirlarga start berildi.