Kitobxonlik haftaligi tadbirlarning yopilish marosimi tashkil etildi va faol kitobxonlar taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 14-dekabrdagi 781-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Jizzax viloyati Sh.Rashidov nomidagi Axborot-kutubxona markazi hamda Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida bir qator musiqiy tadbir,kitob ko`rgazmalari,davra suhbati,kitobxonlik bellashuvlari hamda turli qiziqarli intellektual o'yinlar bo‘lib o‘tdi. 14-aprel kuni Do‘stlik tuman Axborot kutubxona markazida Kitobxonlik haftaligi tadbirlarning yopilish marosimi tashkil etildi.Ushbu tadbirda kitobxonlik haftaligida faol ishtirok etgan kitobxonlar, turli bellashuv va Zakovat intellektual o'yinlari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o‘tdi.