"Kitobxonlik haftaligi"ning 5-kunida O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf hotirasiga bag'ishlab "Ulug‘imsan Vatanim" nomli she'riyat kechasi tashkil qilindi.
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan IV Respublika "Kitobxonlik haftaligi"ning 5-kunida O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf hotirasiga bag'ishlab "Ulug‘imsan Vatanim" nomli she'riyat kechasi tashkil qilindi. She'riyat kechasida dastlab Muhammad Yusuf hayoti va ijodi haqida ma'lumotlar berildi hamda shu ma'lumotlar asosida savol-javoblar bo'lib o'tdi. So'ng 8- 18- umumiy o'rta ta'lim maktabining faol o'quvchilari belashishdi. Shuningdek sevimli Shoir Muhammad Yusuf she‘rlardan baxrubayt tashkil qilindi. Tadbir so'nggida faol ishtirokchilar axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan dimlom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.