"Kitobxonlik haftaligi" doirasida rejalashtirilgan "Eng chiroyli milliy raqs" ko`rik tanlovi bo`lib o`tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 14-dekabrdagi 781-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda hududiy axborot-kutubxona markazlarida “Kitobxonlik haftaligi” tashkil etilmoqda. Shu jumladan Do`stlik tuman Axborot-kutubxona markazida ham kitobxonlik haftaligi tadbirlariga start berildi. Tadbirda Do`stlik tuman ma`naviyat va ma`rifat markazi bo`linmasi mutaxassisi D.Yo`ldosheva, AKM mutaxassisi B.Sattorov, umumiy o`rta ta`lim maktabi kutubxonachilari hamda maktab o`quvchilari ishtirok etdilar. Tadbir davomida "Eng chiroyli milliy raqs" ko`rik tanlovi bo`lib o`tdi. Tanlovda o`quvchilar o`zlarining milliy raqslari bilan ishtirok etib, mahoratini yana bir bora namoyon etdilar. Shuningdek iqtidorli bir guruh o`quvchilar tomonidan milliy laparlar ijro qilingani barchaga birdek manzur bo`ldi. Tadbirda 45 nafar ishtirokchi qatnashdi.