"Kitobxonlik haftaligi" doirasida kitobxon onalar ishtirokida Zakovat intellektual o'yini boʻlib oʻtdi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazida "Oʻzbekiston kitobxonlar yurti" shiori ostida V Respublika "Kitobxonlik haftaligi" doirasida kitobxon onalar ishtirokida Zakovat intellektual o'yini boʻlib oʻtdi. Unda "Yosh avlod" va "Bilimdonlar" jamoalari jami 12 ta savol yuzasidan oʻzaro bellashishdi. Qizgʻin bahs munozaraga boy boʻlgan Zakovat yakunida 5-4 hisobida "Yosh avlod" jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.



