KITOBXONLIK HAFTALIGI BOSHLANDI!
KITOBXONLIK HAFTALIGI BOSHLANDI!
🌟 Bugun yurtimiz bo‘ylab VI Respublika kitobxonlik haftaligining ilk kuni ! Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida kitobxonlik haftaligi boshlandi. Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi o‘qituvchilari hamda talabalari,1-sonli "MTT" tarbiyachilari va tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi.
🗣Tadbir ishtirokchilariga haftalik davomida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi tanishtirildi. Tibbiyot texnikumi o‘qituvchisi D. Begmatova kitobxonlik haftaligi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. U talabalar orasida kitobxonlar soni ortib borayotgani tahsinga sazovor ekanligini ta’kidlab, bundan faxrlanishini aytdi.Kitobxonlikka havas bolalik chog'laridan boshlansa har bir bolaning kelajagi kafolatlangan boladi.Shu maqsadda 1-sonli MTT tarbiyachilari tashabbuslari bilan jajji bolajonlar kutubxonaga tashrif buyurdilar.
